“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:49
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida bosqinchilik sodir etildi

16 fev, 14:02 2 176 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida bosqinchilik sodir etildi 2021 yil 13 fevral kuni soat 03:00larda noma’lum shaxslar Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar “Fayzli” mahallasi Ma’rifat ko‘chasida joylashgan 20 yoshli Nozima Yu.ning yashash xonadoniga devordan oshish yo‘li bilan kirgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yuzlariga niqob va qo‘llariga rezina qo‘lqop kiygan holda Nozima Yu.ni hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, yuz qismiga bir marotaba urib, og‘zini skotch yordamida berkitib, qo‘shni yotoqxonada uxlab yotgan homilador, 25 yoshli Yulduz D.ning qo‘llarini skotch yordamida bog‘lab, Nozima Yu. va Yulduz D.ga tegishli jami 1 320 AQSH dollari qiymatidagi qimmatbaho buyumlarni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Zangiota tumani Zangiota va O‘rtaovul mahallalarida yashovchi 26 yoshli Qodirbek T., 33 yoshli Lutfilla F., 24 yoshli Husan S., 24 yoshli Doniyor T., va 23 yoshli Abdukarim A. sodir etganliklari aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Qodirbek T., Lutfilla F., Husan S., Doniyor T., va Abdukarim A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar. Hozirda tergov davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar