“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:24
ЎЗO‘Z

Prezident ichki ishlar tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

11 fev, 23:53 2 318 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident ichki ishlar tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi 12 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, kuch ishlatar tizimlar, barcha vazirlar va hokimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda. Kun.uz nashrining xabar berishicha, davlat rahbari kun tartibidagi asosiy masala sifatida ichki ishlar tizimini isloh etish deb belgilagan.

Prezident 10 fevral kuni 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda ham ichki ishlar tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi, bu yig‘ilishga anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rilayotgani, masala nihoyatda muhimligi, har bir rahbar, har bir hokim uni chuqur anglab yetishi kerakligi haqida aytib o‘tgandi.

«Albatta ichki ishlar tizimida ko‘plab fidoyi xodimlar ishlashadi. Ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘ramiz. Bu xodimlarning maoshini ko‘paytirish masalasini ham muhokama qilamiz. Barcha hokimlar shu yerga [poytaxtga, yig‘ilishda bevosita ishtirok etishga] kelishadi va ko‘rib chiqiladigan masalalar mohiyatini anglab yetmagunlaricha qaytib ketishmaydi. Mahallabay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart», degandi prezident.

Davlat rahbari Farg‘ona viloyatiga safari davomida ham Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga to‘satdan tashrifi xulosalari haqida so‘zlarkan, u yerda faoliyat olib borayotgan uchastka nozirlari misolida gapirgandi.

«Bosh vazirga topshiriq – mahalla raislari va uchastka nozirlarini hokimiyatga majlisga chaqirish qat’iyan taqiqlanadi. Bu «uchastkovoy»larga boshliq bo‘lmagan odamning o‘zi yo‘q ekan. Ichki ishlar tizimi masalasini o‘zi yaqin orada alohida ko‘rib chiqamiz», degandi davlat rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar