“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:51
ЎЗO‘Z

1,4 mlrd. so‘mlik tovarlar hujjatlardan “tushib” qoldi

10 fev, 22:53 1 593 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1,4 mlrd. so‘mlik tovarlar hujjatlardan “tushib” qoldi Bojxona organlari tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida turli nayranglar orqali tovar-moddiy boyliklarni mamlakatimimizga olib kirilishini oldini olish maqsadida qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahri bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Toshkent-tovar” hamda “Chuqursoy texnik-idora” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuk konteynerini ko‘zdan kechirishdi.

Natijada, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 593. mln so‘mlik 7 turdagi dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda xo‘jalik mollari borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida “qizil “yo‘lakka yo‘naltirilgan tovarlar tegishli hujjatlar asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 2 turdagi umumiy qiymati 710 mln. so‘mlik xo‘jalik tovarlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa, “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 61 mln. so‘mlik turli tovarlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 0
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 1
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 1
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar