“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:32
ЎЗO‘Z

Yasharib borayotgan kasallik: insult xavfini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

10 fev, 17:17 2 549 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yasharib borayotgan kasallik: insult xavfini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? Foto: Medical care
Keksalar kasalligi hisoblangan insult yildan yilga yasharib bormoqda: bugungi kunda kasallik 30-40 yoshdagi bemorlarda ham tez-tez uchrab turibdi. Demak, insult xavfi ostida ekanligingizni qanday bilish va kasallik xavfini kamaytirish uchun nima qilish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.

Xolesterin miqdorining yuqoriligi
Bu insultning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Odatda, «yomon» va «yaxshi» xolesterin muvozanati 50 yoshdan keyin boshlanadi: bu vaqtda ayol va erkaklarda gormonal daraja o‘zgaradi, ortiqcha vazn to‘planadi. Ammo yoshlarda ham yuqori zichlikdagi lipoproteinlar darajasi kamayishi va past zichlikdagi lipoproteinlar ulushi ortishi mumkin. Ushbu holat ateroskleroz rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu kasallik, o‘z navbatida, insultga olib keladi.

Qon tomirlari malformatsiyasi
Mazkur kasallik (tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin) bilan og‘rigan bemorlarning bosh miyasida anormal qon tomirlari natijasida tugun hosil bo‘lishi kuzatiladi. Tugun tufayli miya oziqlanishi qiyinlashadi. Tugunning yorilib ketishi bosh yoki orqa miyada qon ketish, ya’ni insultga olib keladi.

Buyrak kasalligi
Polikistoz buyrak kasalligi bu — buyrakda suyuqlik bo‘lgan ko‘plab kistalar hosil bo‘lishidir. 2010 yilda xitoylik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, ushbu kasallikka chalinish insult xavfini 25 foizga oshiradi.

Insult xavfi borligini qanday aniqlash mumkin?
Afsuski, ushbu kasallikda o‘ziga xos dastlabki belgilar mavjud emas. Agar quyidagi holatlarni tez-tez ro‘y bersa, albatta, shifokorga murojaat qilishingiz kerak:

Xavfni kamaytirish uchun nima qilish lozim?
Ratsion va turmush tarzidagi kichik o‘zgarishlar ham insult xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yoshi va sog‘lig‘idan qat’i nazar, hamma bajarishi kerak bo‘lgan bir nechta ko‘rsatmalar mavjud:

Tuzni kamroq iste’mol qiling
Ko‘p tuz iste’mol qilish natijasida tanada qon miqdori ko‘payadi, bu esa yurakka qo‘shimcha og‘irlik yuklaydi. Agar bu tez-tez ro‘y bersa, yurak haddan tashqari tez ishlay boshlaydi va bu kasallikka olib kelishi mumkin.

Tiniqib uxlang
Har kungi 7-8 soatlik uyqu sog‘liq uchun juda muhim, aks holda organizm gipertoniyaga chalinishi mumkin. Epidemiology jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, 24 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lganlarning 30 foizi allaqachon yuqori qon bosimi kasalligiga chalingan. Agar hech qanday chora ko‘rmasangiz, bu yurak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Jismoniy mashqlar bajaring
Sizning vazifangiz yurak urishi tezligini sekin-asta oshirishdir. Tez yurish, yugurish, suzish va boshqa aerobik harakatlar yurak mushaklarini taranglashtiradi. Haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faollik insult xavfini kamaytirishda ijobiy natija beradi.

Tinchlaning
Doimiy stress va xavotirlik yurak kasalliklarining asosiy sabablari hisoblanadi. Kortizol — stress va xavotir paytida ajralib chiqadigan gormon bo‘lib, u qon bosimi va yurak urishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, kortizol arterial qon tomirlari yuzasiga zarar yetkazishi mumkin. Natijada qon orqali organizmga ozuqa moddalarining borishi qiyinlashadi. Shu sababli qanday dam olishni va stressni yengishni bilish juda muhimdir.

Tishlaringizga e’tiborli bo‘ling
Og‘izdagi bakteriyalar nafaqat tish va milk uchun xavfli, shuningdek, ular qon tomirlari devorlariga zarar yetkazishi, ularni yanada mo‘rtlashtirishi mumkin. Kuniga ikki marta tish yuvishga erinmang, tish ipidan foydalaning va yiliga ikki marta tish shifokori ko‘rigiga borishni unutmang.

Tuxum tanovul qiling
Insultga chalinishning oldini olishga yordam beradigan eng oddiy usul - kuniga bitta tuxum iste’mol qilishdir.

Tadqiqotchilar 9 yil davomida yarim million odamning sog‘lig‘ini tahlil qilib, har kuni kamida bitta tovuq tuxumini iste’mol qilganlarda yurak xastaligi xavfi 11 foizga, insult xavfi 26 foizga kamayganini aniqlashdi. Bundan tashqari, tuxum oqsilga boy bo‘lib, qondagi shakar miqdorini kamaytirishga va vazn saqlashga yordam beradi, bu esa insult xavfini kamaytiradi.

Yog‘li baliq ham foydadan xoli emas
Agar haftasiga uch yoki undan ortiq porsiyadan yog‘li baliq iste’mol qilsangiz, insult xavfi 6-12 foizga kamayadi. Baliq go‘shti tarkibidagi omega-3 tomirlardagi yallig‘lanishni kamaytiradi, qon oqimini yaxshilashga yordam beradi, qon tomirlarda tromb hosil bo‘lishining oldini oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar