“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:14
ЎЗO‘Z

«Ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi» – Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari

09 fev, 15:00 1 701 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi» – Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Foto: «Daryo»
Toshkent shahar hokimligida 8 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov poytaxtdagi avtoturargohlar masalasi haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Rahmonovning ta’kidlashicha, aholi o‘z avtomobillarini qo‘yishi yanada qulaylashishi uchun ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi.

«Avtoturargohlar nafaqat poytaxt, balki yirik shaharlarning ham katta muammosi. 2021 yil yakunigacha Toshkent shahridagi mavjud 500 dan ziyod mahallaning barchasida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bu borada birinchi navbatda avtoturargohlar masalasi ko‘rib chiqiladi.

Mahallalarda ko‘p qavatli uyga kirish qismi va irrigatsion lotok orasida yo‘laklar bor. Bu yo‘lakka aholi o‘z avtomobilini istalgancha qo‘yib ketaveradi. Bu esa shoshilinch tibbiy yordam, o‘t o‘chirish kabi mashinalarning kirishiga imkon bermaydi. Biz endilikda quvurlarni olib tashlab, suv oqishi uchun joy qoldiramiz, ularni uzoqroq joylashtiramiz va natijada turargoh uchun joy kengayadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, mahallalar ichida avtoturargohlar qurish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bugungi kunda mahallalar ichida avtoturargohlar qilinyapti. Aksariyat aholi ularni o‘z kuchi bilan qurmoqda. Ammo bunga qurbi yetmaydiganlar, pensionerlar istiqomat qiladigan hududlarda esa avtoturargohlar tuman garaj xo‘jaligi tomonidan tashkil etiladi
», — dedi Baxtiyor Rahmonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar