“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:40
ЎЗO‘Z

DXX davlat va xokimiyat idoralarida kuzatilgan qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi

08 fev, 11:48 2 266 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX davlat va xokimiyat idoralarida kuzatilgan qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining katta tergovchisi hamda vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i o‘zaro kelishgan holda jinoyat ishi doirasida Jinoyat Kodeksining 1412 va 182-moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini aytib, uning opasidan 12 ming AQSH dollari talab qilishadi.

DXX xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bo‘limi davlat ijrochisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, ish yurituvidagi ijro ishi yuzasidan gidroponika texnologiyasi asosida issiqxona tashkil etgan fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi bo‘yicha ijro harakatlarini tugatib berishini aytib, evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani arxitektura bo‘limining sobiq xodimi mahalliy fuqaroga Sirdaryo tumani «Adolat» MFY hududidan 12 sotix yer maydonini ajratish to‘g‘risida tuman xokimi qarorining chiqarilishi uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda va ushbu yer maydonida qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tayyorlashda yordam berishini aytib, evaziga 1200 AQSH dollari so‘raydi.

Avvaliga u 200 AQSH dollari ekvivalenti hisobida 2 mln 100 ming so‘m oladi, keyinroq esa 900 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, u 900 AQSH dollarining ma’lum bir qismini Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘iga berishini aytadi. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu mansabdor shaxs qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tasdiqlab berish hamda ushbu yerga egalik qilish huquqi bo‘yicha tuman xokimining qarori chiqarilishi uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 400 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar