“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:54
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga qattiq tanbeh berdi

08 fev, 10:57 2 224 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga qattiq tanbeh berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga safari doirasida Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmagan tashrif bilan bordi. «Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, davlat rahbari mahalla idorasi qayerda ekani bilan qiziqqan.

«Mahalla idorasi qayerda? Nega olib bormaysan o‘sha yerga, mahallaning raisi qani, nahotki bilmaysan?» - dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev ko‘p qavatli uyda yashovchilar bilan muloqotni to‘xtatmagan, yurt rahbari bu yerdagi mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagini bildirgan.

Ko‘rsatuvda aytilishicha, prezident mahalla fuqarolar yig‘ini binosi va yo‘llarning achinarli ahvolda ekanini tanqid qilib, shahar hokimiga qattiq tanbeh bergan.

«Nega ahvol bunday xarob? Nega shu paytgacha joyiga qo‘yilmagan, nega men kelishim kerak? Qachon hammang kabinetda o‘tirishni bas qilib, galstukni yechib, etik kiyasan? Bu nima ahvol? Surxondaryoni borib ko‘rgin, bunaqa mahalla raisi qolmagan u yerda. Nega ishlamaysizlar, yo‘llarning qandayligini qara, binoni qara, odamlarni qara. Bu Farg‘ona-ku, og‘ayni. Birorta uyingning oldida bir baraka yo‘q, hamma yer chiqindi bo‘lib yotibdi», - degan prezident shahar hokimiga.

«Maxsus rakurs»da qayd etilishicha, yo‘llardagi nosozliklar sababli tanbehlardan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari ham quruq qolmagan.

«Mana shu yo‘llarga kim javob berishi kerak? Sen shuncha yonimda yurgan odamsan, nega shuni aytmaysan? Bu yo‘llar sifati sharmandalik emasmi? Mayli, tumanlarda hech balo qilmabsan, shaharda-chi? Nega men aytmasam qilmaysan shuni, to‘rt yildan beri yonimda yuribsan-ku? Shuncha pul beryapman, nega o‘zingni qiynamaysan? Nega taklif bermaysan, nega hammang befarqsan? Hozir yana ketasizlar, yana eski hammom, eski tos bo‘ladi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan oldinroq Farg‘ona shahri hokimi Hamid Habibidinov va boshqa sektor rahbarlari - prokuror Atham Mamataliyev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Shavkat Dadaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Vohidjon Bobobekov prezident tashrifi doirasida ishdan olingani xabar qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar