“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 08:07
ЎЗO‘Z

Buvaydada ota farzandlarining voyaga yetguniga qadar 5500 AQSH dollari va 3 million so‘m aliment pulini to‘ladi

04 fev, 10:25 1 579 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buvaydada ota farzandlarining voyaga yetguniga qadar 5500 AQSH dollari va 3 million so‘m aliment pulini to‘ladi Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 18.08.2017 yildagi hal qiluv qaroriga asosan qarzdor I.Toshqo‘ziyevdan undiruvchi S.Toshqo‘ziyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor I.Toshqo‘ziyevdan aliment pullari muntazam ravishda o‘z vaqtida to‘liq undirib kelingan hamda undiruvchi S.Toshqo‘ziyevaga topshirilgan.

Joriy yilning yanvar oyi uchun aliment to‘lovini to‘lash uchun Byuroning Buvayda tuman bo‘limiga kelgan qarzdor I.Toshqo‘ziyevga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 808-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilganida ota o‘z farzandlari uchun ular voyaga yetgunlariga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlarini to‘liq to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 1 fevral kuni undiruvchi S.Toshqo‘ziyevaning roziligi asosida qarzdor ota 5500 AQSH dollari va 3 mln. 250 ming so‘m ikki nafar farzandi voyaga yetguniga qadar hisoblangan jami 61 mln. so‘m aliment pullarini xolislar ishtirokida to‘liq to‘lab bergan.

Bu borada yuritilgan aliment undirish bilan bog‘liq ijro ishi bo‘yicha majburiy ijro harakatlari to‘xtatilib, undiruvchining arizasiga asosan ijro hujjati unga qaytarilgan.

Majburiy ijro byurosi
Farg‘ona viloyat boshqarmasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 41
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 207
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 72
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar