“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:09
ЎЗO‘Z

Jasur Umirov ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan tergovchi harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda

04 fev, 07:45 2 403 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jasur Umirov ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan tergovchi harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda Jasur Umirov ishi bo‘yicha dastlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tergovchisining harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi.

«Hozirda ushbu holat bo‘yicha dastlabki tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borib, yuz bergan holatda biror-bir shaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi asos bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB tergovchisining harakatlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmati ma’lumotida.

2020 yil sentabrida Kun.uz saytida Samarqandda litseyning birinchi kursini endigina tamomlagan qizning nomusiga tegilgani bo‘yicha surishtiruvi e’lon qilingandi. Unda xususan, qizning yaqinlari 2020 yilning 15 iyunida J.Umirov ustidan dastlab Kattaqo‘rg‘on tumani IIBga murojaat qilgani aytilgandi.

Samarqand viloyat IIB tahririyat yo‘llagan so‘roviga javoban bergan izohida mazkur holatda J.Umirov va boshqalarning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmagani sababli, JPKning 36-moddasi, 83-moddasi 2-bandini qo‘llab, to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingandi. IIB qizning yaqinlariga fuqarolik sudi hamda turmush qurish masalasida Kattaqo‘rg‘on tumani FHDYO organiga murojaat qilishni tavsiya etgandi.

Maqola e’lon qilinganidan bir kun o‘tib Samarqand viloyat prokuraturasi Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TBning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini bekor qildi. To‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilganda, bir qator tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘liq bajarilmagani, JPKning 22-moddasida talablarga rioya etilmaganligi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan tekshirib ko‘rilmasdan, shoshma-shosharlik bilan qabul qilingani aniqlangandi.

Oktabr oyida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 21 dekabr kuni Jasur Umirov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

2 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida ish mazmunan ko‘rilib, sud hukmi bilan xonanda hamda uning ikki nafar tanishi aybdor deb topildi. Jasur Umirov besh yilga, uning tanishlari esa 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar