“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:42
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston delegatsiyasini qabul qildi

02 fev, 19:30 1 462 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston delegatsiyasini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining delegatsiyasi – mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Prezident Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi sur’atini saqlab qolish va avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Bu borada so‘z yuritilganda, avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uni yaqin yillarda kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun qulay sharoitlar yaratish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va logistika sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlarni amalga oshirishni qayd etish lozim.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Afg‘oniston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Prezidentini ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.

O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan qat’iy sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.

Bugun Toshkent shahrida xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh birinchi yig‘ilishining samarali yakunlari yuksak baholandi.

Uchrashuvda tomonlar ushbu loyihani tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash, qabul qilingan «yo‘l xarita»si asosida xorijiy hamkorlar va salohiyatli investorlarni faol jalb qilish muhim ekanini ta’kidladilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 0
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar