“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:26
ЎЗO‘Z

Aliment to‘lamagan yakkabog‘lik otalarga chora ko‘rildi

02 fev, 16:43 1 688 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aliment to‘lamagan yakkabog‘lik otalarga chora ko‘rildi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi hamkorligida o‘tkazilgan sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan 3 nafar qarzdorlarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Ulardan biri N.N. tumandagi «Darxon» MFYda yashaydi. Sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani bois, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining 2012 yil 6 iyundagi buyrug‘i bilan undiruvchi G.J. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lib, qarzdorga bu haqda tushuntirish berilgani va bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay N.N. aliment to‘lashni paysalga solib keldi. 2020 yilning 1 yanvaridan 2021 yil 1 fevraliga qadar hisoblangan qarzdorlik 8 mln 300 mingga yetdi. Oxir-oqibat mazkur ijro hujjati mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga oshirildi. Sud majlisida otalik burchini unutgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47/4-moddasi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, tumandagi «Darxon» MFYda yashovchi qarzdor fuqaro O‘.X. 1 nafar farzandi uchun to‘lamagan 5 million so‘m, «Jaychi» MFYda yashovchi fuqaro U.K, 1 nafar farzandiga to‘lamagan 3 million 500 ming so‘m qarzdorligi uchun ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Aliment qarz emas farzligini unutmaylik!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 104
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 58
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 148
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar