“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 23:48
ЎЗO‘Z

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan Mo‘ynoqda kazino qurilishi tasdiqlanmoqda

29 yanv, 22:20 2 024 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan Mo‘ynoqda kazino qurilishi tasdiqlanmoqda Foto: «Podrobno.uz»
«Ishonch» nashri jurnalisti Yesimxon Qanoatov tegishli hujjatlarga asosan Mo‘ynoq cho‘lida O‘zbekistonda taqiqlangan, tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini — kazino qurilishi rejalashtirilayotgani haqidagi mulohazalari bilan bo‘lishdi.

Ta’kidlanishicha, «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zonasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar» rejasi, ya’ni ‘yo‘l xaritasi’ga asosan bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov tomonidan Mo‘ynoqda kazino qurilishi tasdiqlanmoqda.

«Yo‘l xaritasi»da Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zonasini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi tasdiqlangan. Ishchi guruh tarkibiga bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umrzoqov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdulaziz Oqqulov, bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov va boshqalar kiritilgan.

Mazkur hujjatda ishchi guruhga xorijiy davlatlarning tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, kazino va shu turdagi boshqa o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq qonun hujjatlarini hamda amaliy tajribani o‘rganish belgilangan. Shuningdek, ishchi guruhga tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq milliy qonunchilikni inventarizatsiya qilish ham topshirilgan.

«Yo‘l xaritasi» bandlarida kazino biznesini elektron va real ko‘rinishda tashkil etish va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etish, pul o‘rniga maxsus jetonlar, fishkalar va boshqa to‘lov uslublarini qo‘llash bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huqukiy hujjat ishlab chiqish ham nazarda tutilmoqda.

«Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish ham e’tibordan holi qoldirilmagan. «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega bo‘lgan turistik-ko‘ngilochar zona tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish ham alohida belgilangan.

«Demak, O‘zbekistonda ilk bor kazino va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o‘yin zonalari Mo‘ynoqda tashkil qilinishi haqiqatga yaqin», — deb yozadi jurnalist Yesimxon Qanoatov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 9
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 34
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 52
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 1
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 135
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 29
  • Bo‘limlar