“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 00:42
ЎЗO‘Z

Prezident Kogonning ishdan olingan 4 ta sektor rahbarining bir yillik ish haqini kassaga to‘latish bo‘yicha topshiriq berdi

28 yanv, 17:54 2 911 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Kogonning ishdan olingan 4 ta sektor rahbarining bir yillik ish haqini kassaga to‘latish bo‘yicha topshiriq berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon shahar to‘rtta sektor (hokim, prokuror, IIB va DSI boshliqlari) rahbarlarini yoshlar bilan tizimli ish tashkil qilmagani uchun lavozimidan ozod qilishni tayinladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali orqali namoyish etilgan lavhada xabar qilindi.

27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlab videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yig‘ilishda davlat rahbari yoshlar o‘rtasidagi muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko‘plab kamchilik hamda muammolar saqlanib qolayotganini ta’kidlagan.

«Misol uchun, Kogon shahar 2-sektor rahbari, shahar prokurori Yarashev yoshlar bilan uchrashuvda ularning uch nafarini bir hafta muddatda ish bilan ta’minlayman deb va’da bergan, lekin oradan bir oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, natija yo‘q», — deya qayd etadi Prezident.

Shuningdek, Prezident Kogon shahridagi qolgan sektor rahbarlari ham mahallalarga tushib ishlamayotganini ta’kidlagan.

«Tuman hokimi Hoshimov, ichki ishlar boshlig‘i Javkashov, soliq idorasi boshlig‘i Bobomurodov... Buning ustiga yoshlarning kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash yoki tadbirkorlikka jalb qilish ham o‘z holiga tashlab qo‘yilgan», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga yuqorida ismlari keltirilgan rahbarlarning barchasini lavozimidan bo‘shatish, prokurorga esa ularning bir yillik ish haqini kassaga to‘latish bo‘yicha topshiriq berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 69
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 118
  • So'nggi yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 0
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 24
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 58
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 20
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 50
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 98
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Bo‘limlar