“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:25
ЎЗO‘Z

Toshkentda maktablardagi texnikalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

28 yanv, 15:30 1 950 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda maktablardagi texnikalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi Toshkentdagi maktablarda o‘g‘irlik sodir etish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 17 yanvar kuni Bektemir tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktori Bektemir tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, maktab binosidagi o‘qituvchilar xonasida turgan 17 dona Jooyon rusumli kompyuter texnikalari va ularning ehtiyot qismlari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlanganligini bildirgan.

Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,v,g» (o‘g‘rilik) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni psixotrop moddalar ta’sirida bo‘lgan 29 yoshli D.O., 20 yoshli N.A. va 26 yoshli B.T. sodir etganligi aniqlangan hamda ulardan kompyuter moslamalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida ushbu jinoiy guruh Toshkent shahrining boshqa tumanlarida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyat ishida gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar