“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:54
ЎЗO‘Z

Prezident hokimlardan haftaning ikki kunini yoshlarga qaratishni talab qildi

28 yanv, 08:00 1 601 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident hokimlardan haftaning ikki kunini yoshlarga qaratishni talab qildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida davlat rahbari viloyat va tuman hokimlariga qo‘ygan talabini ma’lum qildi.

Biz yoshlar bilan yangicha ishlash tizimini yaratishga qaror qilgan ekanmiz, uni ikkita muhim yo‘nalishda tashkil qilishimiz lozim.
Birinchisi – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘lsa, ikkinchisi – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdir.

Tuman va sektor rahbarlari haftaning ikki kunini yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratishi shart. Birinchi kun yoshlar bandligi, ikkinchi kunda esa bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi. Hokimning iqtisodiyot, investitsiya va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari yoshlar bandligi bilan shug‘ullanadi. Yoshlar kitob o‘qishi, teatrga tushishi va sport musobaqalarida ishtirok etishi lozim. Hech bir maktab, kollej va tadbirkorlarga tegishli o‘yingohlar bo‘sh qolmasligi lozim
, — dedi Prezident.

Davlat rahbari selektor yig‘ilishi davomida ishsizlik masalasidan tashvishda ekanini bildirgan.

Hozirgi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etmoqda (bu umumiy ishsizlik darajasidan 1,5 baravarga ko‘p). Hisobga olinmagan ishsizlar soni esa bundan-da yuqori.

Bunday muammolarni tizimli hal etish maqsadida, Respublika ishchi guruhi joylarda o‘g‘il-qizlarimizning takliflarini «mahallabay» o‘rganmoqda.

Bugungi kunga qadar Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizda 50 mingga yaqin yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazildi.

Bildirilgan taklif va istaklar asosida, tuman va shaharlar kesimida «Yoshlar dasturlari» tasdiqlandi
, — deya ta’kidlab o‘tdi Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar