“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:58
ЎЗO‘Z

«Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi» - Shavkat Mirziyoyev

25 yanv, 10:56 2 764 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi» - Shavkat Mirziyoyev Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Buxoroga amalga oshirgan tashrifi davomida shamoldan zarar ko‘rgan Olot tumaniga borgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tashrif davomida Prezident tuman markazida Olot, Qorako‘l, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashgan va aniq takliflar bilan chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Davlat rahbarining viloyat aholisi bilan uchrashuvida «Oqsuv» MFY raisi o‘z mahallasida 214 nafar ishsiz fuqaro va 4 nafar tadbirkor borligini ma’lum qildi. Mahalla raisi tadbirkorlardan biri shaharda ijarada turib faoliyat ko‘rsatayotgani, mahallaning yetti nafar fuqarosini ish bilan ta’minlayotganini aytgan va Prezidentdan uning qishloqda faoliyat ko‘rsatishi uchun yer so‘ragan.

«Yer bersa bo‘ldi, o‘zi hamma binosini tiklab, yettita emas, 15 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlayman deyapti», — deydi mahalla raisi.

Bunga javoban Shavkat Mirziyoyev shu kabi takliflar kerakligini ta’kidlagan.

Suhbat davomida hayajonga tushgan mahalla raisi Prezidentga «bundan keyin sizni ‘podvodit’ qilmaymiz», deya va’da bergan va o‘z fikrini o‘zbek tilida bildirmagani uchun darhol uzr so‘ragan.

pic.twitter.com/4CnzZZALWc

— Shukhrat (@bankir2102) January 25, 2021

«Mayli, mayli ‘podvodit’ qilmasang ham mayli. Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi», — deya Prezident holatni hazilga yo‘yib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 0
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 2
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 12
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar