“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 04:20
ЎЗO‘Z

Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi

23 yanv, 21:00 2 888 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli S.Sh. 23 yanvar kuni uyida o‘zini osib, vafot etgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, IESdagi portlash aynan u rahbarlik qiladigan sexda sodir bo‘lgan. Mazkur xabarni Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulov tasdiqlagan.

IES portlash ishi bo‘yicha Angren prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ta’kidlanishicha, o‘limidan bir kun oldin S. Sh. jinoiy ish doirasida so‘roq qilish uchun chaqirilgan.

Hozircha marhum S.Sh.ning o‘zini osishiga nima yoki qanday voqelik sabab bo‘lgani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan, portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgandi. Energetika vazirligi ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilgandi.

Portlash oqibatida uch kishi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 82
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 162
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 60
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 92
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 82
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar