“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:33
ЎЗO‘Z

MIB: 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ota topildi

21 yanv, 20:28 2 267 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB: 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ota topildi Sardoba tumani Paxtakor mahallasida yashovchi Z.A.dan fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 03.05.2010 yildagi qaroriga asosan undiruvchi Yu.K. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ijro xarakatlari davomida, qarzdorni yashash manzilidan topish imkoni bo‘lmaganligi sababli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan 25.04.2011 yilda qidiruv e’lon qilinib ijro uchun Sardoba tuman IIO FMBga yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Sardoba tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Aliment mablag‘ini o‘z vaqtida to‘lamay qochib yurgan qarzdor ota Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari va tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida, qarzdor ota oradan qaryib 10 yil o‘tib topildi.

Shu bilan bir qatorda qarzdor Z.A.ning alimentdan qarzi 01.01.2021 yil xolatiga 78.026.902 so‘mni tashkil etganligi aniqlandi.

Olib borilgan ijro xarakatlari davomida davlat ijrochisi U.Qo‘ziyev tomonidan qarzdor Z.A.ga nisbatan MJtKning 47(4)-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qarzdor Z.A.ga nisbatan to‘plangan xujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudiga taqdim qilindi va shu sudning 19.01.2021 yildagi qaroriga asosan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 135
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 128
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 222
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar