“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:20
ЎЗO‘Z

Namanganda MIB xodimlari futbol kuch sinashdi

18 yanv, 11:26 2 088 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda MIB xodimlari futbol kuch sinashdi Mamlakatimizda sportni ommaviyligini ta’minlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlarida bugungi kunda 340 nafar xodim mehnat qilmoqda.
Xodimlar haftada ikki marotaba ishdan so‘ng o‘zlari qiziqqan sport bilan shug‘ullanishmoqda. Ayniqsa, Byuro organlari xodimlari o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Ana shunday musobaqalardan biri 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etildi. “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada viloyat boshqarmasi, Namangan shahar va tumanlar bo‘limlarining havaskor jamoalari maydonga tushishdi. Namangan viloyat 1-sonli futbol mahorati maktabiga qarashli zamonaviy maydonlarda bo‘lib o‘tgan bahslar murosasiz o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra bir-biriga raqib bo‘lgan jamoalarning maydondagi harakatlari barchada qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, yarim final va final bahslari o‘zaro murosasiz, shiddatkorlik kasb etdi. Yarim finalga yo‘llanma olgan Namangan shahar, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod va Yangiqo‘rg‘on tumanlari jamoalari o‘zaro bahs olib bordilar. Murosasaz kechgan o‘yinlarda Byuroning Namangan shahar va Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limlari jamoasi finalda bir-biriga raqib bo‘lishdi.

Qiziqarli bahsda Namangan shahar bo‘limi jamoasi yirik 8:0 hisobda g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Uchqo‘rg‘on, uchincha o‘rin esa Davlatobod tuman jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga, shuningdek “Eng yaxshi darbozobon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi to‘purar” yo‘nalishi sohiblariga qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Majburiy ijro byurosi
Namangan viloyat boshqarmasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar