“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:51
ЎЗO‘Z

Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi

16 yanv, 18:48 2 292 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi Qurilish vaziri Botir Zokirovga ko‘ra, sohada korrupsion sxemalar mavjud. Hokimliklarda tanish-bilishlarning vositasida yer maydonlari olinmoqda va loyiha qilingach, boshqaga sotilmoqda. Biroq, Qurilish vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idora emas. U Qurilish vazirligida tashkil etilgan matbuot anjumanida sohadagi korrupsiya haqida ham fikrlarini bildirdi.

«Jizzaxdagi qurilishda ruxsat olgan egasi boshqa, qurilishni qilgani boshqa, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrupsion sxema hisoblanadi. Kimningdir hokimlikka qandaydir yaqinligi bor yoki tizimda tanish-bilishi bor. O‘shaning nomiga olinadi, shu boshlagandek bo‘ladi, lekin umuman boshqa odamlar ishlaydi. Shuning uchun ham hujjatlarni 3 marta aniqlashtirilganda boshqa-boshqa kishilar chiqmoqda. Bunaqa bo‘lishi kerak emas. U yerda qidiradigan bo‘lsangiz bironta egasi chiqmaydi. Bittasi yerni olgan, boshqasiga berib qo‘ygan xullas mingta bahona qiladi», - dedi Qurilish vaziri.

Vazirga ko‘ra, hozirda ayrimlar hokimliklardagi tanishlari orqali yer olib “biznes” qilmoqda.

«Bugun bir xil odamlar shuning orqasidan “biznes” qilmoqda, ya’ni uni tanishi bor va u bugun bemalol kirib joyini oladi. Qurilish bitguncha sotadi, shuning uchun ham hamma hujjatlar chala-chulpa. Davlat nazorati ham bir borganda uch qavatga bitta loyiha, loyihachi bilan esa uning shartnomasi yo‘q. Undan keyin borganida ikkinchisi paydo bo‘lmoqda. Bu korrupsion holat bo‘lganlgi uchun tadbirkor nima xohlasa o‘shani qilmoqda. Biz shuni oldini olishimiz kerak. Qurilish vazirligi esa, korrupsiyaga qarshi kurashish tashkiloti emas.

Bunday korrupsion sxema faqat Jizzaxda emas, boshqa aholi yashash punktlarida ham bo‘layotganligi aytib o‘tildi. 2018-2019 yilda 11ta qaror, 2020 yilda yana 11ta qaror qabul qilindi. Biz shuncha hujjatlarimizni qaytadan ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldik va bu hali oxiri emas. Asosiy masala qonunlar orasida baribir kamchiliklar, aylanib o‘tish imkoni topilmoqda.

Oldin bunday holat bo‘lmagan va hech kim bunday “teshik” qidirgan emas. Hozir shunday yo‘llarni topib qonunbuzarliklar bo‘lmoqda. Kerakli mexanizm ishga tushishi kerak. Odam aralashmagan taqdirda ham shu masala yopiladigan bo‘lishi lozim. Yana bir masala tadbirkorni agar bajarmayotgan bo‘lsa, uning hisobini yopib qo‘ysangiz bu ham to‘polon
», - dedi Botir Zokirov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar