“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:55
ЎЗO‘Z

Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi

16 yanv, 14:11 2 158 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi Foto: TripAdvisor
Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar oqshomida qo‘shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu axborot yolg‘on va hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi. Suv xo‘jaligi vazirligi fuqarolarni bu kabi yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va xotirjamlikka chaqirdi.

Sirdaryo viloyat telekanali yangiliklar dasturining ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, aholi orasida vahima uyg‘otuvchi noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlar qo‘lga olingan. Lavhadan ko‘rish mumkinki, ular jami 10 kishi. Qo‘lga olinganlar orasida ayol kishi va mahalliy bloger ham bor.

Kadr: Telegram
Qo‘lga olinganlardan biri shu xabarni eshitishi bilan o‘z ayoliga zudlik bilan akasinikiga borib turishni, o‘zi ham tez orada yetib borishini tayinlagan. Keyinchalik Tojikistonda yashovchi tog‘asidan bu xabar noto‘g‘riligini eshitadi, ammo bunga qadar hamma joyda vahima tarqalishga ulgurgani, qilgan ishidan afsusdaligini bildirgan.

Oqoltinlik bloger esa YouTube va Telegram tarmoqlaridagi o‘z sahifalarida «Qayroqqum suv ombori urib [o‘pirilib] ketdi, tezkor tarqating» sarlavhali ma’lumot joylagan.

«Ko‘proq odamlarga xabar berish maqsadida o‘zim tasvirga olgan videoni YouTube’ga joyladim. Keyin qarasam, ichki ishlar xodimlari ovoz kuchaytirgichlar orqali aholini tinchlantirib yurgan ekan. Darhol kirsam, joylagan lavham ‘prosmotr’ yig‘ishga ulgurgan ekan. Ya’ni bu lavham odamlar ko‘ngliga g‘ulg‘ula solishi mumkin. Blogerlarga maslahatim, biror xabarni tarqatishdan oldin yaxshilab tekshiring», — deydi u.

Yana bir erkak esa o‘zi yashovchi pod’ezddagi qo‘shnilari eshiklarini taqillatib chiqqani, bu orqali ularga tezroq xabar berishni istaganini, qilgan ishidan afsusdaligini bildiradi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) ikkinchi qismiga ko‘ra jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 244-6-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) ikkinchi qismiga ko‘ra jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mish-mishlar 2020 yili Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida jabrlangan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholisi orasida vahima keltirib chiqargan. Ayrimlar uylarini zudlik bilan tark etishga uringan. Qayroqqum suv ombori Sardoba tumanidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev fuqarolarni tinchlantirish uchun mazkur tumanlarga kelgan. U odamlarni mish-mishlarga ishonmaslikka va vahimaga berilmaslikka chaqirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 0
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 2
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 12
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar