“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:50
ЎЗO‘Z

Budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan viloyatlar aniqlandi

13 yanv, 16:20 3 801 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan viloyatlar aniqlandi Illustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan vazirliklar ro‘yxati taqdim qilingandi.

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida esa jami 175,3 mlrd.so‘m miqdorida, jumladan Qashqadaryo (26,1 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd.so‘m), Surxondaryo (16,5 mlrd.so‘m), Farg‘ona (14,4 mlrd.so‘m), Toshkent (13,2 mlrd.so‘m), Jizzax (13 mlrd.so‘m), Samarqand (13 mlrd.so‘m), Sirdaryo (12,9 mlrd.so‘m), Namangan (12 mlrd.so‘m), Xorazm (6 mlrd.so‘m), Buxoro (3,6 mlrd.so‘m), Navoiy (2,4 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1 mlrd.so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

2020 yilda budjet muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 mlrd.so‘m miqdorida naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g‘aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to‘lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu qonun buzilishi holatlari o‘tgan yil (2019 yilda – 7,2 mlrd.so‘m)ga nisbatan 7,5 martaga ko‘paygan.

Budjet qonunchiligini buzganligi uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda jarimalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, 3 033 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 239,5 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 324
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 101
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar