“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:47
ЎЗO‘Z

Yangiyerda Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan avariyada haydovchi salondan uchib chiqib ketdi

13 yanv, 14:00 2 312 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangiyerda Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan avariyada haydovchi salondan uchib chiqib ketdi Sirdaryo viloyatida Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 yanvar kuni soat 14:30 larda Yangiyer shahri Tinchlik ko‘chasida 31 yoshli «VAZ-2106» haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida 21 yoshli E.T. boshqaruvidagi Nexia bilan avariya sodir etgan. Avariya oqibatida ikkala haydovchi va Nexia ichida bo‘lgan 20 yoshli yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yangiyer shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘ngilsiz hodisaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosidan ko‘rish mumkinki, katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia burilib olmoqchi bo‘lgan «VAZ-2106»ga kelib urilgan. Avariya natijasida «Jiguli» salonida bo‘lgan yo‘lovchi uchib chiqib ketgan.

IIV YHXBB haydovchilarni belgilangan qoidalarga, tezlik me’yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini so‘raydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 59
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 32
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 557
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 50
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar