“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:20
ЎЗO‘Z

Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi

12 yanv, 18:48 2 810 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi 2020 yilning dekabrida Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lishda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi, unga nisbatan ilgari surilgan gumonlar tasdiqlanmagan.

Turkiyada o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda 12 yanvar kuni jurnalistning Telegram-kanalida xabar berildi.

Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingandi.

Uni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun yollangan advokat vaziyatni o‘rgangach, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar bergani, ushbu ma’lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so‘ngra qo‘lga olinganini aniqlagan.

10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi harbiy libosdagi to‘rt kishi, shuningdek, fuqaro kiyimidagi shaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv o‘tkazgan. So‘ng ular hujjatlarni rasmiylashtirib, jurnalistni olib ketishgandi.

Mirzayevga nisbatan gumonlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Shunga qaramay, u bir oy davomida deportatsiya bo‘linmasida qolishiga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq Abdukarim Mirzayev bilan aloqada bo‘lgan «shubhali shaxslar»ga nisbatan gumonlar ham tasdiqlanmagani ma’lum bo‘lgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 292
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar