“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:33
ЎЗO‘Z

"Propiska"ning bekor bo‘lishi uylarning narxiga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi

12 yanv, 14:57 2 475 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Propiska"ning bekor bo‘lishi uylarning narxiga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi Pandemiya jahon miqyosida ko‘chmas mulk va avtomobil bozorlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari tomonidan koronavirus pandemiyasining ko‘chmas mulk va avtomobil bozorlariga ta’siri tahlil qilindi.

Ko‘chmas mulk bozori
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari joriy etilgunga qadar respublikamiz ko‘chmas mulk bozorida talab har oyda o‘rtacha 6-7% ga oshib borgan. Toshkent va Toshkent viloyatidagi ko‘chmas mulk bozorlaridagi savdolar umumiy bozor hajmining 40-45%ini tashkil etgan.

Aprel oyidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab lokdaun joriy qilindi, bu esa ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabning 2019 yilning shu davriga nisbatan 87,1% (Toshkent viloyatida 94,2% va Toshkent viloyatida 89,8%)ga kamayishiga olib keldi (1-rasm). May va iyun oylarida respublika bo‘yicha ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni mos ravishda 25,9% va 135,2% ga yuqorilab ketdi. Qisqa vaqt ichida savdo operatsiyalarining sezilarli darajada o‘sib ketishi bir tomondan, doimiy ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirilishi, ikkinchi tomondan, may oyidan boshlab karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatilishi bilan izohlanadi.

Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicharasmiylashtirilgan shartnomalar sonining o‘zgarishi

Prezidentning 2020 yil 22 apreldagi «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF–5984-son Farmonining qabul qilinishi bilan may oyida 2019 yilda tegishli davrga nisbatan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari sonining o‘sishi Toshkent shahrida 148,7 %ga, Toshkent viloyatida 26,5% ga yetdi, iyun oyida ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 257,5% va 190,7%ni tashkil etdi.

Shunisi qiziqarliki, aynan shu davrda ko‘chmas mulk savdosining o‘sishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi uylarning narxlariga deyarli ta’sir qilmadi. Bu, asosan, ilgari boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan uylarning haqiqiy egalari nomiga o‘tkazilishi bilan izohlanadi.

2020 yilning sentabriga kelib, ko‘chmas mulk bozorida talab yana o‘zining uzoq muddatli trendiga qaytdi. Xususan, sentabr oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdilari soni o‘tgan oyga nisbatan 24,2% ga (2019 yilning mos davriga nisbatan 41,7%ga), oktabr oyida – 1,7% ga (24,8% ga), noyabr oyida -0,5% ga (22,9% ga) va dekabr oyida – 20,9% ga (-17,1% ga) oshdi.

Avtomobil bozori
Odatda, respublikada birlamchi va ikkilamchi bozorlarda avtomobil savdosining oylik o‘sishi o‘rtacha 2-3% ni tashkil etadi. 2020 yilning mart oyi o‘rtalaridan qat’iy karantin tadbirlarini joriy etilishi natijasida mart oyida ro‘yxatgaolingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 17,3%ga (o‘tgan oyga nisbatan 34,6%ga), aprel oyida esa 73,8 %ga (63,1%ga) kamaydi.

May oyidan boshlab avtomobil bozoridagi vaziyat yana tiklana boshladi. Xususan, iyun oyida avtomobil savdosi 2019yilning shu davriga nisbatan 14,8%ga oshdi. Lekin, 10 iyuldan 15 avgustgacha karantin tadbirlarini qayta joriy etilishi natijasida iyul oyida avtomobil bozoridagi faoliyat may-iyun oylariga nisbatan biroz sekinlashdi. Xususan, mazkur oydaro‘yxatgaolingan avtomobillar soni 2019 yilning iyul oyiga nisbatan 20,2%ga kamaydi. Shunday bo‘lsa-da, avgust oyida, avtomobil savdosihajmi 2019 yilning mos davriga nisbatan 3,8% o‘sdi (o‘tgan oyga nisbatan 54,3%).

Sentabr-oktabr oylarida ham avtomobil bozorida talab o‘sishda davom etdi. Sentabr oyidagi savdolaroldingi oyga nisbatan 0,5%ga (2019 yil sentabr oyi bilan taqqoslaganda 29,5%)oshdi. Oktabr oyida o‘sish sur’ati sentabr oyiga nisbatan 2% (2019 yil oktabr oyiga nisbatan 19,2%) tashkil etdi. Noyabr-dekabr oylarida bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan biroz (mos ravishda 1,7% va 1,9% ga) pasaydi. Biroq, 2019 yilda tegishli davri bilan taqqoslaganda, savdolar hajmi noyabr oyida 9 %ga va dekabr oyida 10 %ga oshdi.

Ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar sonining o‘zgarishi

Umuman olganda, 2020 yilda avtomobil savdosi hajmi 2019 yilga nisbatan 2,5%ga kamaydi. Bu mart, aprel va iyul oylarida avtomobil savdosining keskin pasayishi bilan izohlanadi.

Shunga qaramasdan, 2020 yilavgust oyiga kelib, ko‘chmas mulk va avtomobil bozorlaridagi vaziyat o‘zining uzoq muddatli trendiga qaytgani aholi talabining tiklanib borayotganligini ko‘rsatmoqda.

Xalilulloh Hamidov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
bosh ilmiy xodimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar