“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 09:41
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi va Jizzaxdagi harbiy qismga tashrif buyurdi

11 yanv, 18:00 2 594 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi va Jizzaxdagi harbiy qismga tashrif buyurdi Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni Jizzax viloyatiga keldi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari dastlab Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rgan.

Mazkur harbiy qismda katta hajmdagi qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.

«Asosiy maqsadimiz — xalq bilan armiya birdamligi. Harbiy qismlar eshiklari el uchun ochiq bo‘lishi kerak. Milliy armiyamizning nuri, ma’naviyati hammaga yetib borishi zarur. Yoshlarni bu yerga olib kelib ko‘rsatish, o‘rgatish kerak. Bu ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz tarixi va qudrati haqida bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. Bundan ota-onalar ham xursand bo‘ladi[i][/i]», — dedi Prezident.

O‘quv binosi ilg‘or harbiy tayyorgarlik talablariga mos jihozlangan. O‘quv trenajyorlari jangovar vaziyatga maksimal yaqinlashtirilgan. Yotoqxonalarda harbiy xizmatchilarning yashashi, dam olishi, vaqtini mazmunli o‘tkazib, bilimlarini mustahkamlashi uchun barcha qulayliklar bor. Harbiy qism oshxonasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha autsorsing tizimi joriy qilingan.

Prezident askarlarning o‘quv-mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirgan. Harbiy bilim va ko‘nikmalarni maktab davridanoq to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, harbiy bilim yurtlari bilan harbiy okruglar o‘rtasidagi aloqani kuchaytirish muhimligi ta’kidlangan. Mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi tibbiyot punktini ham kirib ko‘rgan. Bu yerda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga malakali xizmat ko‘rsatilmoqda. Prezident ushbu punktdagi uskuna va kadrlar salohiyatidan foydalanib, harbiy qism yaqinidagi «Olmachi» mahallasi aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, xalq salomatligini mustahkamlashga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Mudofaa vazirligining zaxirasi sifatida har biri 500 o‘rinlik ikkita mobil gospital tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident matbuot xizmati 4 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqqani haqida xabar bergan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 1
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 40
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 52
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 49
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 136
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 163
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 0
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 0
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 0
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 0
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 0
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 0
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 0
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 226
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Bo‘limlar