“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:14
ЎЗO‘Z

Prezidentga ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkin

08 yanv, 00:20 2 829 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezidentga ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkin Daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasida mansabdor shaxslarning barchasi daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash nazarda tutilgan. Bu haqda 7 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Nomozboyev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashevaning ma’lum qilishicha, daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi agentlik tomonidan ishlab chiqilgan.

«Hozirda mazkur qonun loyihasi tegishli organlarga kelishish uchun kiritilgan. Kelishish jarayonida tegishli xulosalarga ega bo‘lganimizdan so‘ng keyingi bosqichlar haqida gapirishimiz mumkin», – dedi Umida To‘xtasheva.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Nomozboyevning aytishicha, qonun loyihasida mansabdor shaxslarning barchasi qamrab olingan.

Mansab vakolatiga tegishli bo‘lgan, hujjat qabul qilish vakolati bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar – quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi qamrab olingan. Bular:
- Prezident adminstratsiyasi;
- Vazirlar Mahkamasi;
- Respublika tashkilotlari;
- Hokimliklar;
- Huquqni muhofaza qiluvchi organlar;
- Sud idoralari xodimlari, – dedi agentlik mas’ul xodimi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Prezident va bosh vazir ham daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishi taklif etilgan.

Avvalroq, 2019 yilning oktabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Ya’ni 2020 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri va Senati raisi va ularning o‘rinbosarlari, bosh vazir o‘rinbosarlari, bosh vazir o‘rinbosarlari maslahatchilari, 2021 yildan esa Vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari daromad va mol-mulkini deklaratsiyalashi bayon etilgan. Lekin ushbu qaror loyihasida Prezident va bosh vazirning daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishi nazarda tutilmagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar