“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:15
ЎЗO‘Z

Andijonda haydovchilarni videoga tushirishda gumonlangan shaxs «samosud» qilindi

04 yanv, 16:16 2 322 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda haydovchilarni videoga tushirishda gumonlangan shaxs «samosud» qilindi Foto: Videodan kadr
Internetda haydovchilarning qoidabuzarliklarini videoga tushirib, YPXga yuborishda gumon qilingan shaxs haydovchilar tomonidan mashina yukxonasiga tiqib qo‘yib, jazolangani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ushbu «samosud» holati yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat 2020 yilning 22 dekabrida Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida sodir bo‘lgan.

«2020 yilning 22 dekabr kuni soat 11:00larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro N.Q. Jalaquduq tumani markazida joylashgan «Dehqon bozori»ga mevalar narx-navosini bilish uchun kelib, bozorni fotosuratga olayotgan vaqtida bir necha fuqaro N.Q.ni boshqa maqsadda suratga olayotganlikda gumonlab, jamoat joyida turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishgan.

Ushbu holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB XPB IIO TP profilaktika katta inspektori A.Yuldashev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

Jumladan, fuqarolar A.D, M.R, A.A, J.Z, va Q.D. jamoat joyida turli haqoratli so‘zlar bilan baqir-chaqir qilishgani uchun ularning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi bois, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun Jalaquduq tuman Ma’muriy sudiga yuborilgan.

2020 yil 25 dekabr kuni ma’muriy ish sudda ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan
», deyiladi xabarda.

Internetda tarqalgan videoda samosud ishtirokchilaridan biri bu shaxs avvaldan kuzatib kelingani va endi qo‘lga tushgani haqida aytadi. Qoidabuzarlar yukxonadagi shaxsdan telefon kodini berishni talab qilishgan. U esa “organni chaqirishni” so‘ragan. Bu iltimosga javoban videodagi ovozlardan biri uni yog‘ochga bog‘lab qo‘yishni taklif qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar