“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli fuqarolar soni qancha kishini tashkil etmoqda?

30 dek, 17:47 2 702 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli fuqarolar soni qancha kishini tashkil etmoqda? Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchi vazifasini ham bajargan. Vazirlik o‘tib borayotgan yilning o‘tgan 11 oyi davomida hududlar bo‘ylab qariyb 1 mln fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan. BMM vaziri Nozim Husanov “Monomarkaz”da tashkil etilgan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, pandemiya sharoitida ko‘plab fuqarolar doimiy ish joylarini yo‘qotganlari uchun vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlari turlari ko‘paytirilgan. Bunda noan’anaviy va nostandart ish turlariga e’tibor qaratilgan.

Umuman olganda, 2020 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston mehnat resurslari soni 19 121,3 ming kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 100,7 foizga yoki 135,5 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 205,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga (403,5 ming kishiga) kamaygan bo‘lsada, lekin joriy yilning birinchi yarmiga nisbatan 3,7 foizga (468,5 ming kishiga) oshgan.

Hisobot davrida rasmiy sektorda band aholi soni 5 673,8 ming kishini joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan tashkil qilib, 1,7 foizga yoki 92,6 ming kishiga oshdi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 618,8 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 9,9 foiz yoki 504,2 ming kishiga ortgan. Respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 912,6 ming kishini tashkil etgan, bu joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 128,3 ming kishiga yoki 6,3 foizga kamaygan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, joriy yilning 11 oyi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida 317,4 ming ishsiz fuqaro (shundan 276.1 ming nafar ayollar, 175,2 ming nafar yoshlar) jamoat ishlariga jalb qilingan hamda ularning to‘lovi uchun jamg‘armadan 479,8 mlrd berildi.

Bundan tashqari, Xitoy tajribasi bo‘yicha bugungi kunda Respublika bo‘yicha 443ta kooperativ tashkil etilib, kooperativlarga hududlardagi 21.1 ming nafar ishsiz, kam ta’minlangan kambag‘al oila a’zolari biriktirildi va ularga kooperativlarning ustav fondiga a’zolik sifatida 47,5 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi. Shuningdek, shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun 32,5 ming kam ta’minlangan, "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga yengil tipdagi issiqxona qurish, shaxsiy dala tomorqasida urug‘lar va ko‘chatlar hamda sug‘orish uchun suv nasoslari xarid qilish maqsadida qilish uchun 93,8 mlrd so‘m berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar