“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

Tekshiruvlar keskin qisqaradi

26 dek, 22:40 3 512 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tekshiruvlar keskin qisqaradi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda yurtimizda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi 90 ta birinchi va 947 ta ikkinchi toifadagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mavjud bo‘lib, 2019 yilda ulardan atigi 558 tasi vakolatli organlar tomonidan ifloslanish manbalari monitoringi bilan qamrab olingan.

Vaholanki, dunyoning aksariyat davlatlarida atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan oqilona foydalanishni nazoratga olish maqsadida barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ekologik nazorat institutining nodavlat, mustaqil maxsus turi — ekologik audit qo‘llaniladi. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Italiya, Shvetsiya, Niderlandiya kabi davlatlarda ekologik auditorlik faoliyati alohida qonun hujjati bilan tartibga solingan.

Shundan kelib chiqib, 2020 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakatimizda ekologik audit sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan – «Ekologik audit to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda atroflicha muhokama qildilar.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi Prezidentimizning 2018 yil 3 oktabrdagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ekologik auditni tartibga solishda xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Xalqaro amaliyotda auditorlik tekshiruvining ijobiy natijalari korxonaning investitsion jozibadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini rejalashtirish, tejamkor texnologiyalarni tanlash, ekologik boshqaruv tizimini to‘g‘ri va maqsadli yo‘lga qo‘yish imkonini yaratadi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining amaliyotga keng tatbiq etilishi mamlakatimizda ekologik audit sohasidagi yangi xizmatlar bozorini rivojlantirishga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyatini davlat tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarni faqat qonun doirasida o‘tkazishga va shu bois tekshirishlar soni keskin kamayishiga, pirovard natijada esa atrof-muhitni muhofaza qilishga hamda fuqarolarga qulay va xavfsiz atrof-muhit yaratilishiga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar