“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:10
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmadi

23 dek, 18:00 1 961 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmadi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahrida joylashgan uchta poliklinikada ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda vazir «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Toshkent shahridagi uchta poliklinikada ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovini boshlab yubordik. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni — bu eng ko‘p vaqt oladigan jarayon hisoblanadi, u ommaviy emlash jarayoni emas. Bu ilmiy-tadqiqot jarayonidir.

Uchinchi sinovlarning boshida vazirligimiz rahbariyati, shaxsan o‘zim ham bir oy oldin vaksina bilan emlandik. Bir oy ichida o‘zimizda birorta nojo‘ya ta’sirlarni sezganimiz yo‘q. Dastlabki natijalar antitanalar hosil bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.

Ushbu vaksina genlar injenerligi yo‘li bilan yaratilgan, rekombinant oqsilga asoslangan vaksinadir. Bunda oqsilning kichkina bo‘lagi klonlashtirilib, bunda virus strukturasidagi boshqa birorta komponent inson organizmiga yaqinlashmaydi. Ko‘ngilli sifatida ishtirok etayotgan xalqimizga katta rahmat aytamiz, bu jarayonni samarali yakunlaymiz degan umiddaman
», — deydi innovatsion rivojlanish vaziri.

Avvalroq Ibrohim Abdurahmonov bir necha ko‘ngillilar, shu jumladan, o‘z oila a’zolari ham ikki hafta oldin Xitoy rekombinant vaksinasini olgani, 14 kundan beri birorta nojo‘ya ta’siri kuzatilmaganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshlarida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish va mamlakat hududida vaksinalar ishlab chiqarish sanoatini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining 100 ta dozasini shaxsan o‘zi Toshkentga olib kelgan edi.

Noyabr oxirida esa sog‘liqni saqlash vaziri 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshlarida O‘zbekiston «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlariga kirishishni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgandi. O‘zbekistonda 2021 yilning iyuniga qadar 60 foizgacha aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar