“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:13
ЎЗO‘Z

Koson hokimi o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda muloqot qildi (video)

23 dek, 08:30 3 569 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koson hokimi o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda muloqot qildi (video) Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi o‘rinbosari Ubaydulla Ochilovning fuqaro murojaatini yotgan holda eshitayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Hokimlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rinbosar bu ishini o‘sha paytda sog‘lig‘ida muammo borligi bilan izohlagan.

pic.twitter.com/ljP88wReSA

— Shukhrat (@bankir2102) December 23, 2020

Videotasvirlardan anglashilishicha, fuqaro xonadonida bo‘lgan o‘rinbosar unga uy-joy olishi uchun ko‘maklashishini va’da qilgan. Biroq va’da o‘z vaqtida bajarilmagach, fuqaro muloqot davomida bunga izoh so‘ragan. O‘rinbosar Ubaydulla Ochilov esa ayni paytda uy-joylar bilan shug‘ullanmayotganini, undan bu vakolat olinganini bildirgan.

Fuqaroning «2020 yil uy beramiz deb va’da qilgandingiz-ku», degan savoliga «2020 yil kelsin-chi, hali xat kelgani yo‘q, kelsin, tartibi kelsin», deb javob berilganidan ma’lum bo‘ladiki, voqea 2020 yilga qadar sodir bo‘lgan.

Murojaatchi fuqaro u bilan yotib muloqot qilayotgan hokim o‘rinbosariga unga uy berilishi va’da qilingan gaplarni tasvirga tushirganini aytadi. Hokim o‘rinbosari esa videolarni yo‘qotmaslikni, imkoni bo‘lsa ikki-uchta nusxa qilib qo‘yishni maslahat beradi. Bundan ajablangan murojaatchi mas’ulga «Hamma murojaatchilar bilan shunday yotib gaplashasizmi?», deya savol beradi. Hokim o‘rinbosari esa hali tushlik ham qilmaganini aytadi.

«Daryo» muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hokimlik axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev bilan suhbatlashdi.
«Voqea 2019 yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan ekan, o‘sha paytda o‘rinbosarning sog‘lig‘ida muammo borligi sabab yotib gaplashishga majbur bo‘lgan. Buni fuqaroga ham tushuntirgan ekan», — dedi Koson tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev.

Murojaatchilar bilan yotgan holda muloqot qilgan hokim o‘rinbosariga qanday chora qo‘llanilgani hozircha noma’lum.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar