“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

Turkiyada qamoqqa olingan Abdukarim Mirzayevning deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi

22 dek, 07:00 2 676 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada qamoqqa olingan Abdukarim Mirzayevning deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi Foto: «Gazeta.uz»
Turkiyaning Istanbul shahrida turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan Abdukarim Mirzayevning mamlakatdan deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist faoliyat ko‘rsatayotgan Registon TV onlayn telekanalining rasmiy sahifalariga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Azizlar, ‘Registon TV’ oilasi a’zosi, jurnalist va rejissyor Abdukarim Mirzayev bilan bog‘liq xushxabarimiz bor. Istanbul Migratsiya idorasidan (Göç idaresi) olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Abdukarim Mirzayev deportatsiya qilinmaydi. Uning ozod etilishi esa vaqt bilan bog‘liq masala», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik taniqli jurnalist, Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan «shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lgani» aybi bilan qo‘lga olingandi.

Keyinroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘zbek jurnalistning Turkiyada qo‘lga olinishida O‘zbekiston tomonining hech qanday aloqasi yo‘qligini hamda Abdukarim Mirzayevning hech qanday jinoiy ish bilan aloqasi bo‘lmagani va qidiruvdagilar ro‘yxatida ham yo‘qligini ma’lum qildi.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, o‘zbek jurnalistining Turkiyada qamoqqa olinishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, #FreedomToAbdukarim, #freeAbdukariM heshteglari ostida o‘n minglab postlar, tvitlar qoldirildi. Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Turkiyaning taniqli shaxslari, siyosatchilariga murojaatlar yo‘llandi.

Nashrning Turkiyadagi muxbiri xabar berishicha, ayni vaqtda ushbu masalaga turk matbuoti ham e’tibor qaratgan, o‘zbek jurnalistining aybi isbotlanmagan bo‘lsa ham Migratsiya idorasining Deportatsiya markazida saqlab turilgani aytilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya Buyuk Millat Majlisining millat vakili (deputati) Mustafa Yenerog‘luning kotibiyatidan Abdukarim Mirzayevning advokatiga qo‘ng‘iroq bo‘lgan va zarur ma’lumotlar olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 90
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 33
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 46
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 90
  • Bo‘limlar