“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

O‘gay qiziga zulm o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

21 dek, 14:53 3 330 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘gay qiziga zulm o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Shirin shahar «Farhod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 15 yoshli voyaga yetmagan qiz (maktab o‘quvchisi) X.A. ning o‘z o‘gay onasi tomonidan unga yomon munosabatda bo‘lib kelinayotganligi, ko‘p hollarda doimiy ruhiy bosim o‘tkazilib, yengil jarohatlar bilan kaltaklab kelayotganligi aytilgan videomurojaat tarqaldi. Holat yuzasidan Shirin shahar hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ushbu holatga aloqador tarzda X.A ning buvisi R.M. Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan va unda X.A. ning o‘gay onasi N.Z. uni o‘rib tan jarohati yetkazganligi, shu sababli o‘gay ona N.Z. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Ushbu murojaatga asosan, Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilib, voyaga yetmagan X.A. ga «sog‘liqning qisqa muddati buzilishiga sabab bo‘lmagan yengil shikast» yetkazganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi bilan Ma’muriy ishlar bo‘yicha Shirin shahar sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan ishni ko‘rish vaqtiga kelib, voyaga yetmagan X.A. ko‘rsatmalarini o‘zgartirib, o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda qiynab va uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bayon etganligi sababli, mazkur murojaat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Shirin shahar prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilib, voyaga yetmagan X.A. va boshqa shaxslarning ko‘rsatmalarida qarama-qarshilik bo‘lganligi sababli ish holatiga aniqlik kiritish maqsadida holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Shirin shahar IIB huzuridagi Tergov guruhiga yuborilgan.

Hozirgi kunda qizning o‘gay onasi N.Z. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) va 110-moddalari (Qiynash) bilan ayblov e’lon qilinib, tergov harakatlari yakunlanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar