“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:48
ЎЗO‘Z

Bojxonachilar 273,49 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

19 dek, 17:42 1 833 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bojxonachilar 273,49 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ammo ushbu zahri qotilning yurtimizda oldi-sotdisi orqali noqonuniy daromad olish ilinjida bo‘lgan fuqarolar uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro B.Sh.boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtoulov o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro M.D.ning egnidagi kurtkasi cho‘ntagida jami 11 dona o‘ramda bo‘lgan sof vazni 249.96 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, mazkur avtoulovda yo‘lovchi sifatida o‘tirgan yana bir fuqaro N.M. 1 dona o‘ramda sof vazni 23.53 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini o‘rindiq ostiga yashirganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida jami 273.49 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi qonunbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar