“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:55
ЎЗO‘Z

Namanganda xonadonida pul yasab ko‘rganlar ushlandi

18 dek, 22:00 2 761 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda xonadonida pul yasab ko‘rganlar ushlandi 2020 yil 16 dekabr kuni Chortoq tuman IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xonadonida qalbaki pul yasab ko‘rganlar aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 38 yoshli Foziljon A.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganida, xonadon egasi va 27 yoshli Raximjon A. lar o‘zlari bilan olib kelgan HP rusumli noutbuk, Epson nomli rangli printer hamda turli rangdagi bo‘yoqlar, Delli nomli laminatsiya uskunasi, 1 dona soch quritgich, dazmol va 4 ta qutida A-4 formatdagi qog‘ozlar, xonadon gilami ostidan A-4 format qog‘ozga chiqarilgan 50.000 so‘mlik kupyuradagi 18 dona, 100.000 so‘mlik kupyuradagi 4 dona qalbaki pullar aniqlanib, bayonnoma orqali ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Foziljon A. va Raximjon A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib qalbaki pul yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar