“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:25
ЎЗO‘Z

Yunusobodda IIBB xodimlari ishtirokida ziddiyat yuzaga keldi

14 dek, 11:04 3 394 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yunusobodda IIBB xodimlari ishtirokida ziddiyat yuzaga keldi Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari orasida sodir bo‘lgan kelishmovchilik videosi tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 13 dekabr kuni taxminan soat 15.00 da Yunusobod tumani IIO FMB 5-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari – podpolkovnik Sh. Alimkulov va kapitan D. Majidov «Universam» savdo kompleksi yaqinidagi yer osti yo‘lagida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi ayol, erkak va yigitga savdoni to‘xtatib, savdo mollarini yig‘ishtirish va yo‘lakni fuqarolar uchun bo‘shatish to‘g‘risidagi ogohlantirish bergan.

IIBBga ko‘ra, o‘rtada janjal ko‘tarilib, yigit ichki ishlar organlari xodimlari bilan mushtlashmoqchi bo‘lgan. Ziddiyat kuchayib yigit voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimining yuziga urgan.

«Shu sababli xodimlar yigitning qo‘llariga kishan solishga majbur bo‘lishgan va uch nafar tartibbuzarlar shaxslarini aniqlash va keyingi surishtiruvlar uchun 5-son IIBga olib ketilgan», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, internet tarmog‘ida tarqalgan videoda ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan A. X.ning qo‘lga olinishi tasvirga tushgan. Yerda yotgan ayol – 42 yoshli X. T. savdo mollari sumkasining ustiga yotib, xodimlar uni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Mazkur hodisa yuzasidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar