“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

Farg‘onada YHXB inspektoriga 250 dollar pora berayotgan fuqaro qo‘lga olindi

13 dek, 13:30 2 905 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada YHXB inspektoriga 250 dollar pora berayotgan fuqaro qo‘lga olindi Farg‘onada spirtli ichimlik ichib, avtomashina haydagan jiyaniga bayonnoma tuzmaslik uchun YHXB inspektoriga pora taklif qilgan fuqaro ushlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 9 dekabr kuni fuqaro A.A. Farg‘ona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi ma’muriy amaliyot inspektori M.A.ga jiyani S.M. Farg‘ona shahar hududida Nexia-3 rusumli avtomashinani spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarganligi uchun unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirganligi bo‘yicha murojaat qilgan.

S.M.ni haydovchilik huquqidan mahrum qilmasdan sud tomonidan qo‘llaniladigan jarima miqdorini kamaytirishda yordam berishini so‘rab, evaziga 250 AQSH dollari miqdorida pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Fuqaro A.A.ga inspektor tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi, viloyat IIB hamda Farg‘ona shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.A. ismli shaxs YHXB inspektoriga Farg‘ona shahar Mustaqillik ko‘chasida 250 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat bo‘yicha tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg‘ona shahar prokuraturasiga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar