“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

“Mehr-3” operatsiyasi doirasida Suriyadan 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar olib kelindi

08 dek, 13:53 4 688 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Mehr-3” operatsiyasi doirasida Suriyadan 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar olib kelindi So‘nggi 4 yil mobaynida mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil siyosat samarasi o‘laroq, nafaqat yurtimizda istiqomat qilayotgan, balki o‘zga yurtlarda murakkab ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga ham e’tibor qaratilib, ularning manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinmoqda.

Zero, bunday e’tibordan yot g‘oyalar ta’sirida xorijga chiqib, turmush o‘rtoqlari, ota-onalaridan ayrilib qolgan vatandoshlarimiz ham chetda qolgani yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi doirasida 2019 yilda Suriya va Iroq davlatlaridan 220 nafar ayollar va bolalar olib kelingan edi.

O‘tgan davr mobaynida “qaynoq nuqtalardan” qaytarilgan bu ayollar va bolalar davlat va jamoatchilik tashkilotlari, mehr-oqibatli fuqarolarimiz yordamida jamiyatimizda o‘z o‘rinlarini topib ketganlarini alohida ta’kidlash joiz.

Bir vaqtning o‘zida Yaqin Sharqdagi janglar olib borilayotgan hududlardagi lagerlarda ushlab turilgan hamyurtlarimizni qaytarish bo‘yicha tadbirlar maxsus xizmatlar tomonidan doimiy ravishda olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida “Mehr” operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirilib, bugun Suriya mamlakatining jangovor harakatlar olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar yurtdoshlarimiz, ya’ni 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar (ulardan 14 nafari chin yetim bolalar) Vatanimizga qaytarildi.

Hayotning notekis yo‘llarida adashib, o‘zga yurtlarda qiyin ahvolga tushib qolgan bu insonlar endilikda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sog‘lomlashtirish muassasasiga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi.
Kelgusida esa ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga to‘laqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Bo‘limlar