“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:14
ЎЗO‘Z

Uzoq umr ko‘rishning eng kamchiqim yo‘li

30 noya, 20:34 3 085 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uzoq umr ko‘rishning eng kamchiqim yo‘li — Ishonasizmi, mahallamizdagi savdo do‘koniga ham piyoda borishga erinib, mashinada borib kelaman, — deydi ortiqcha vazn tufayli bir necha kasalliklar orttirgan hamkasblardan biri qiynalib nafas olganicha. — Agar imkoni bo‘lsa, uyimizdagi hojatxonaga ham mashinada borsam deyman...

— Uyda yoki choyxonada yonboshlab yotib ovqatlanish jonu dilim, — deydi unga boshqa bir hamkasb. — O‘tirib ovqatlansam xuddi rohatlanish to‘liq bo‘lmayotgandek bo‘laveradi...

Bugungi dorilamon kunlar jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarziga qat’iy amal qilish borasida hamyurtlarimizni ancha ayyor va kamharakat qilib qo‘ygani ayni haqiqat.

Bunday kasalliklarga qarshi immunitetni mustahkamlovchi eng muhim omil – sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faol va serharakat bo‘lishda ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda Farg‘ona viloyatida sport bilan ommaviy ravishda shug‘ullanayotganlar 436 ming nafarni tashkil etib, bu umumiy aholining atigi 7,1 foiziga teng, xolos. Hozirda viloyat aholisining 233 ming nafari yurak-qon tomir, 55 ming nafari nafas yo‘llari yallig‘lanishi, 4 mingdan ortig‘i ortiqcha vazn kasalliklaridan qiynalmoqda. Viloyat aholisining 41 foizida qondagi xolesterin miqdori ortgan.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilarining ma’lum qilishicha, o‘rganishlar natijasida 171 ta davlat idoralari, 48 ta korxona-tashkilotlarda sport bilan shug‘ullanish uchun umuman sharoit yaratilmagani aniqlandi. Viloyatning 12 ta markaziy ko‘chalari, 500 ta mahalla, 93 ta qishloq, 2 ta madaniyat va istirohat bog‘ida piyoda, velosipedda yurish uchun maxsus yo‘laklar, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga sport maydonchalari yo‘q.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatining tuman markazlari va shaharlarda piyoda, velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga «To‘siqsiz muhit» yaratish muhim vazifa sifatida belgilangan. Shuningdek, 125 ta sport zallari, 9 ta sport inshooti va 268 ta sport maydonchalarini qurish va ta’mirlash ishlarini 2021 yildan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturiga kiritish rejalashtirilmoqda.

Manba: Xs.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 29
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar