“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:09
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargani ma’lum qilindi

30 noya, 18:00 3 228 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari tomonidan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargani ma’lum qilindi Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari va yordamchilari tomonidan 8 milliard so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilingan. Bu haqda 30 noyabr kuni O‘zbekiston Oliy sudida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Umida To‘xtasheva «Odil sudlovni ta’minlash – O‘zbekistonni korrupsiyadan holi hududga aylantirishning muhim omili» mavzusidagi konferensiyada qilgan chiqishida davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda sudyalar bilan bog‘liq jinoyatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Aytilishicha, hozirda Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar ma’muriy sud sudyalari va xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Sudning bir nechta sudyalari va ularning yordamchilari Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi xodimlari bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular yo‘l harakati qoidalari buzilganligi yuzasidan tuzilgan ma’muriy ishlarni kirim qilmasdan, taraflar ishtirokida ko‘rib chiqmasdan va ayrim ma’muriy ishlarni qasddan yo‘qotib 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargan», – dedi agentlik vakili.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, ushbu jinoyat natijasida 8 milliard so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar