“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:36
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi shaxsning ziyofatida qatnashgan sudya ko‘p o‘tmay uni ozodlikka chiqardi

30 noya, 17:34 3 666 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi shaxsning ziyofatida qatnashgan sudya ko‘p o‘tmay uni ozodlikka chiqardi O‘zbekiston Oliy sudida 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva sudyalarning jinoiy unsurlar bilan kirishib ketish holatlari uchrab turganini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Umida To‘xtashevaning ma’lum qilishicha, agentlik tomonidan sud tizimida sodir etilayotgan korrupsion xatti-harakatlar tahlil qilinganida, sudyalarning jinoiy unsurlar bilan kirishib ketishi, boshqacha qilib aytganda, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari mavjudligi aniqlangan.

«Masalan, 2020 yil may oyida Toshkent viloyati shaharlaridan birining sudyalari L.N va R.O. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda, jinoiy unsurlar vakili, bir necha marta sudlangan D.N.ning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kafeda 100 nafardan ortiq shaxs ishtirokida tashkil etilgan ziyofatga borgan. E’tiborlisi – sudyalar D.N.ning o‘sha vaqtda navbatdagi jinoyati uchun ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganligidan xabardor bo‘lgan. Achinarlisi, mazkur sudya mahkum D.N.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib, uni ozodlikka chiqargan», – dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari.

Aytilishicha, agentlik tashkil etilganidan buyon fuqarolardan yo‘llagan murojaatlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 20 foizi sud qarorlari yuzasidan kelib tushgan.

«Umuman, bu raqam va misollardan ham ko‘rinib turibdiki, hali bu boradagi sa’y-harakatlarimiz yetarlicha emas va bunda faqatgina Oliy sud yoki Sudyalar oliy kengashi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi emas, balki boshqa davlat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan, parlamentimiz, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi», – dedi Umida To‘xtasheva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar