“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:14
ЎЗO‘Z

Banklar mijozlarni haydovchilik guvohnomasi bilan identifikatsiya qilishi mumkin

26 noya, 20:13 2 886 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Banklar mijozlarni haydovchilik guvohnomasi bilan identifikatsiya qilishi mumkin Tijorat banklari mijozlarni yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi yoki shtampsiz pasport bilan ham identifikatsiya qilishi mumkin. Bu haqida Markaziy bank 26 noyabr kuni tijorat banklariga yuborgan xatda ma’lum qilingan.

«Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 19 iyundagi 389-sonli qaroriga asosan, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2020 yil 22 maydagi 320-son qaroriga asosan, fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy shaxs – mijozni identifikatsiyalar jarayonida mijoz tomonidan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yoki fuqarolarning doimiy yashash joyi bo‘yicha shtampi mavjud bo‘lmagan pasporti taqdim etilganda, tijorat banklari ushbu jismoniy shaxslar bo‘yicha qo‘shimcha identifikatsiya ma’lumotlarini Idoralararo integrallashgan platforma tizimi orqali olishlari mumkinligini ma’lum qilamiz
», deyiladi xatda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar