“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:19
ЎЗO‘Z

MIB faoliyatidan: Toshkent viloyatida oilalar tiklanmoqda

25 noya, 11:38 2 179 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB faoliyatidan: Toshkent viloyatida oilalar tiklanmoqda Ma’lumki joriy yilning 17 noyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida “Sud va boshqa organ qarorlarining ijro etish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari yuzasidan” videoselektor o‘tkazildi. Unda bugungi kunda ijro sohasida olib borilayotgan ishlar, yuzaga kelgan muammolar keng muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Jumladan sud va boshqa organ qarorlarining ijrosini so‘zsiz va sifatli ta’minlash, bunda davlat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifa, shu bois ijro sohasini yangi bosqichga olib chiqish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda mazkur vazifalar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi yuklatilgan. Hozirda tizim tomonidan sud va boshqa 30 dan ortiq idoralar tomonidan chiqarilgan qarorlar ijro etiladi.

Jumladan, fuqarolik sudlari tomonidan taqdim etiladigan aliment qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlari Byuro organlari ish yurituvida salmoqli qismni tashkil etadi. O‘tkazilgan videoselektorda Prezidentimiz tomonidan ijro sohasida aliment undiruvlar eng og‘riqli nuqta ekanligi va bugungi kunda 68% murojaatlar aynan shu turdagi ijro hujjatlari yuzasidan ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur muammoga e’tiborni kuchaytirish va aliment qarzdorliklarni muddatida undirib berish, shu bilan bir qatorda voyaga yetmagan farzandlarning kelajagi oilaning butligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tushungan xolda, Byuro organlari tomonidan tomonlarni yarashtirish va kelishtirish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida birgina Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2 mingdan ortiq oilalarni yarashtirishga erishildi.

Videselektorda qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda, shu yilning 18 noyabr kunidan boshlab viloyatning tuman va shahar bo‘limlarida bu bo‘yicha tadbir o‘tkazilmoqda. Jumladan tadbir davomida yana 46 ta oilalarni yarashtirishga erishildi. Misol uchun Oqqo‘rg‘on tumanida 10 ta, Qibray tumanida 11 ta, Chirchiq shahrida 11 ta, O‘rta-Chirchiq tumanida 7 ta, Bekabod tuman va shaharda 7 oilalar kelishtirildi va buning natijasida bo‘lim ish yurituvidagi mazkur ijro hujjatlari qonun talablari asosida tamomlandi.

Bu kabi tadbirlar Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman va shahar bo‘limlarida davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar