“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:15
ЎЗO‘Z

Soxta "staj" ma’lumotlari bilan pensiyaga chiqishyapti(mi)?

24 noya, 12:30 2 941 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soxta "staj" ma’lumotlari bilan pensiyaga chiqishyapti(mi)? Fuqarolarning pensiya va nafaqalar tayinlanishi uchun murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va taqdim etilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligini o‘rganish yuzasidan Pensiya jamg‘armasi tomonidan doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.

Monitoringlar davomida davlat pensiyalarini tayinlashda taqdim etilayotgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning haqqoniyligini o‘rganilganda “O‘zarxiv” agentligi tasarrufidagi ayrim arxiv idoralari tomonidan soxta ma’lumotlar taqdim etilayotganligi holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyatida joriy yilda o‘tkazilgan o‘rganishlarda, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani shaxsiy tarkib hujjatlari, Davlat arxivi tomonidan mazkur arxiv fondi saqlovida bo‘lgan kitoblarda ayrim fuqarolarning ish haqi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlari shubha uyg‘otib, qayta o‘rganilganda ushbu tumanda yashovchi fuqaro B.K.ga 1995-2004 yillarda ishlaganligi haqidagi 04.11.2020 yildagi ish haqi ma’lumotnomasi arxiv fondida saqlanayotgan birlamchi hujjatlar bilan solishtirilganda, fuqaro B.K.ning ismi-sharifi kitobning oxirgi qatorlariga boshqa siyohli ruchkada qo‘shimcha ravishda qo‘shib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Xuddi shuningdek, Sherobod tumani Davlat arxivi tomonidan shu tumanda yashovchi fuqaro Ch.D.ga, Termiz shahrida yashovchi fuqaro M.S.ga, Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro S.J.ga va Angor tumanida yashovchi fuqaro K.T.larga ham arxiv fondida saqlanayotgan tugatilgan yoki arxiv fondiga hujjat taqdim qilgan boshqa korxona va tashkilotlarning ish haqi hisoblash kitoblarining oxirgi qatorlariga boshqa ruchka va boshqa yozuvlar bilan qo‘shib yozilgan arxiv ma’lumotnomalari taqdim qilinganligi aniqlangan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va shu kunlarda aniqlanayotgan holatlar Pensiya jamg‘armasining mas’ullari tomonidan tahlil qilinib, huquqiy baho berish maqsadida to‘plangan o‘ranish materiallari huquqni muofaza qilish idoralariga o‘tkazildi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, Pensiya jamg‘armasining pensiya ta’minoti uchun yo‘naltirilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanish Pensiya jamg‘armasi sohasida ishlovchi har bir xodimning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar