“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:00
ЎЗO‘Z

Milliy gvardiya bozordagi to‘polon bo‘yicha izoh berdi

23 noya, 21:00 5 134 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliy gvardiya bozordagi to‘polon bo‘yicha izoh berdi Biroz avval ijtimoiy tarmoqda bir necha nafar Milliy gvardiya xodimlari yosh yigitga nisbatan kuch ishlatib, olib ketmoqchi bo‘lishayotgani, yon-atrofdagi odamlar esa bunga keskin norozilik bildirayotgani aks etgan lavha to‘g‘risida xabar bergandik. Milliy gvardiya ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi «Eski juva» dehqon bozori hududida jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga bozorga xaridor sifatida kelgan fuqaro murojaat qilib, ushbu bozor hududida pirotexnika vositasi sotib olish uchun sotuvchiga 260 ming so‘m pul berganligini, lekin sotuvchi kelishilgan mahsulotlarni bermasdan, qochib ketganligi haqida shikoyat qilgan.

Ushbu holatni kuzatib turgan bir guruh shaxslar murojaat etgan fuqaroga nisbatan shu joyning o‘zida haqoratli so‘zlar ishlatib, o‘zlarining bu kabi xatti-harakatlari bilan pirotexnika vositasi sotuvchisi tarafdorlari ekanligini ayon qilishgan.

Vaziyatni yengillashtirish uchun Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jabrlanuvchi fuqaroni bozor hududidan olib chiqib, holatga oydinlik kiritish maqsadida IIO tayanch punkti mas’ul xodimiga topshirilgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bozor hududida janjal ko‘targan bir guruh fuqarolarni tartibga chaqirishga harakat qilganlar. Jamoat tartibi qoidalariga rioya qilmagan ushbu fuqarolardan biri Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, haqoratli so‘zlarini davom ettirib, atrofdagilar diqqatini o‘ziga jalb qilgan holda xizmat majburiyatini bajarayotgan harbiy xizmatchilardan biriga qo‘l ko‘targan.

Shu bois Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu fuqaroga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda IIO tayanch punktiga olib borib topshirganlar.

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi U.Ibragimov ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, deyiladi izohda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar