“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:28
ЎЗO‘Z

Ish jarayonida nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarning 186,4 mln.so‘m tovon pullari undirib berildi

23 noya, 17:25 2 387 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ish jarayonida nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarning 186,4 mln.so‘m tovon pullari undirib berildi Ma’lumki, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida mehnat shartnomasining tuzilishi taraflar uchun muayyan huquq va majburiyatlarning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ushbu huquq va majburiyatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan bo‘lib, xodimlar, ish beruvchilar, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi.
Xodimning mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan to‘liq hajmda to‘lanishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Sardoba tuman bo‘limi ish yurituviga, Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining 25.03.2020 yildagi va 23.09.2020 yildagi jami 2 ta ijro hujjatlarida qarzdor “Paxtaobod paxta tozalash” AJdan undiruvchi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sardoba tuman bo‘limi foydasiga 117 259 ming so‘m hamda 69 200 ming so‘m undirish haqidagi ijro hujjatlari 12.05.2020 yilda, 07.10.2020 yilda kelib tushgan.

Ushbu ijro hujjatlarii bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan kundan davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari ijro etish to‘g‘risidagi Qonun”ning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va taraflarga yuborilgan.

Shuningdek qarzdor “Paxtaobod paxta tozalash” AJning bankdagi hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilib barcha hisob raqamlariga band solindi.

O‘z vaqtida olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 16.11.2020 yilda har ikkala ijro hujjati bo‘yicha jami 186 459 ming so‘m budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sardoba tuman bo‘limi foydasiga undirib berildi.

Ushbu mablag‘lar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sardoba tuman bo‘limi tomonidan “Paxtaobod paxta tozalash” AJda ish jarayonida mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi oqibatida nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarga beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar