“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:30
ЎЗO‘Z

Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi

23 noya, 07:33 2 463 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi. Bu haqda qurilish vaziri Botir Zokirov «O‘zbekiston 24» telekanali efirida aytgan. Vazirlik vakillari loyihani prezident Shavkat Mirziyoyevga topshirishgan. Zokirovning aytishicha, bu to‘rtinchi taqdimot bo‘lgan va prezident tomonidan loyihani boshlash bo‘yicha topshiriq berilgan.

Qurilish vazirining so‘zlariga ko‘ra, majmuada atrofi milliy usuldagi ayvonlar bilan o‘ralgan 10 ming o‘rinli masjid quriladi. Vazirlik masjid va uning atrofidagi qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha ko‘rsatma olgan.

Payariq tumani hududida joylashgan Imom Buxoriy majmuasi hududida hozir ham masjid faoliyat olib boradi. Loyihaga ko‘ra, ana shu masjid o‘rnida kattarog‘i quriladi. Shuningdek, majmuaning o‘zi ham qaytadan barpo etiladi. Ayni damda majmuaning yonida Imom Buxoriy nomidagi hadis maktabi ham faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot uchun, Imom Buxoriy islom olamining yetuk muhaddisi hisoblanadi. Uni muhaddislar imomi deb atashadi. Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» sahih hadislar to‘plami islom olamida eng ishonchli hadis manbaasi sifatida o‘rganiladi. Imom Buxoriy milodiy 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 870 yilda esa hozirgi maqbarasi joylashgan Samarqand hududidagi Xartang qishlog‘ida vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar