“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:45
ЎЗO‘Z

Koronavirus qandli diabetning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin

22 noya, 11:00 2 597 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus qandli diabetning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin Tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Faxrutdinova qandli diabeti bor insonlarda koronavirus infeksiyasining og‘ir kechish sababi haqida ma’lumot berdi.

"Qandli diabeti bo‘lgan insonlar turli xil infeksiyalarga moyil bo‘ladi va ularda infeksion jarayon og‘irroq kechadi. Sababi shakar mikroblar uchun ozuqa moddasi hisoblanadi. Inson tanasiga infeksiya tushganida qonda qand miqdorining oshishi kuzatilishi mumkin, shuning uchun kasallikni nazorat qilishga jiddiy e’tibor qilish lozim.

Agar diabeti bor bemor qonida glyukoza miqdori baland bo‘lsa, COVID-19 kasalligi ushbu bemorlarda og‘ir kechishi mumkin. Sababi kasallikda kuzatiladigan «sitokinlar bo‘roni» uchun shakar quvvat manbayidir. Ayniqsa, tana vazni ortiqcha bo‘lgan insonlarda koronavirus og‘ir kechadi. Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi xam ushbu kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin degan taxminlar bor.

Ma’lumki, koronavirus kasalligini davolashda glyukokortikoidlar guruhiga kiruvchi «Deksametazon» dori vositasi keng qo‘llaniladi. Bu dori qonda qand miqdorini ko‘taruvchi preparatlar qatoriga kiradi, diabetning 2-turiga moyil bo‘lgan insonlarda bu dori vositasini qo‘llanishi diabetni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu ko‘pincha ortiqcha tana vazni bo‘lgan insonlarda kuzatiladi.

Ushbu dori vositasini qabul qiluvchi insonlar qonda qand miqdorini muntazam o‘lchab borishi va albatta, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari lozim.

Kasallikka chalingan bemorlarda koronavirusdan davolanish jarayonida qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalari dozasiga bo‘lgan ehtiyoj ortishi mumkin. Koronavirus jarayonida qand miqdori oshib ketsa, bu og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun, COVID-19ning o‘rta va og‘ir holatlarida qandli diabet bemorlariga insulin bilan davolash tavsiya qilinadi. Bu koronavirus infeksiyasidan tezroq tuzalishga yordam beradi, oldin tabletka bilan davolanganlar keyinchalik yana o‘sha davolash rejimiga qaytishi mumkin.

Agar diabeti bo‘lmagan, COVID-19 kasalligiga chalingan insonlarda «Deksametazon» va shunga o‘xshash glyukokortikoid dori-vositalari ta’sirida qonda qand miqdori baland bo‘lsa, kerak bo‘lganda, ular ham insulin bilan davolanishlari shart. Bu dori vositalarida ehtiyoj qolmaganda qonda qand miqdori me’yorga kelib, insulinga bo‘lgan ehtiyoj ham yo‘qoladi", deydi mutaxassis.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 0
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar