“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 20:49
ЎЗO‘Z

«Shu sohaning ichidan chiqqan odamlar yig‘layverib, endi gapirmay ham qo‘ydi». Otabek Bakirov Toshkent bosh rejasi haqida

22 noya, 00:02 2 822 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Shu sohaning ichidan chiqqan odamlar yig‘layverib, endi gapirmay ham qo‘ydi». Otabek Bakirov Toshkent bosh rejasi haqida Kadr: YouTube
YouTube’dagi «Ular» loyihasining navbatdagi sonida Telegram’dagi «Kurbanoff.net» kanali muallifi Shuhrat Qurbonov hamda «Bakiroo» kanali muallifi Otabek Bakirov bilan Toshkent shahrining infratuzilmasida uchrayotgan muammolar yuzasidan suhbat uyushtirildi.

Suhbat davomida poytaxt yo‘llarining tirbandligi, shaharda joylashgan uylar uchun infratuzilmani ta’minlash bo‘yicha yetarlicha hisob-kitoblar amalga oshirilmagani yuzasidan fikrlar bildirib o‘tildi.

«Transport birinchi darajali hayotiy ehtiyoj emas. Yangi qurilgan va qurilayotgan, amalda mavjud bo‘lgan uylarning infratuzilmasi xavf solyapti. Suv bilan bog‘liq, gaz, elektr bilan bog‘liq... Uyning nomini aytmayman, zamonamizning eng oldi uch qavatli ko‘prikka yetmasdan o‘ng tomondagi uylarning yuqori qavatlariga suv chiqmayapti. Uchinchi qavatdan yuqorisiga suv chiqmayapti. Shu atrofdagi qurilishgacha mavjud bo‘lgan uylarda esa suv bosimi pasayib ketgan.

Ya’ni biz shu kabi qurilishlarni amalga oshirishdan avval infratuzilma dosh beradimi yoki yo‘q — shuniyam hisobga olishimiz kerak. Dosh berilishiga oid sinovlardan, u ma’qullanganidan keyingina qurilish amalga oshirilishi lozim. Biz nafaqat yangi qurilayotgan uylar uchun muammo yasayapmiz, mavjud eski uylarga ham infratuzilma bilan bog‘liq — elektr energiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarni ham yaratyapmiz. Transport esa ikkinchi to‘lqindagi muammolar
», — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Shuhrat Qurbonov esa muammolarning aksariyati poytaxt bosh rejasining yo‘qligi sabab yuzaga kelayotganini ta’kidlagan:
Hamma joyda bosh reja degan narsa chiqadi. Bosh reja deganda ko‘pchilikning xayoliga xarita keladi — uylarning qayerga joylashishi kabi, aslida bosh reja deganda infratuzilma ham shuning ichida bo‘ladi. Masalan, uyingizga reja qilsangiz, mebelning qayerda turishi, kabel va gaz quvurlarining qayerdan o‘tishi… Reja deganda u bir bosqich bo‘lmaydi, uning qatlamlari bo‘ladi. Yangi uylarning qayerga tushishi bu eng tepa qatlam, lekin uning ostida kanalizatsiya, suv, elektr energiya, internet bor.

Bir narsani e’tiborga olish kerak, masalan, 1990 yillarda qurilgan uylarni va unga o‘rnatilgan o‘sha vaqtdagi transformatorni olaylik. 90 yilda konditsionerlar, isitgichlar, kompyuter, televizor bunaqa bo‘lmagan. Hozir bitta xonadonda ikki—uchta televizor bor, iloji bo‘lsa har bir xonaga konditsioner qo‘yilgan. Bu esa oxir-oqibat transformatorga borib taqaladi.

Transformator rejalanganda esa u yo‘q edi. Bu ham yetmagandek oldin hovli-joy turgan hudud buzilib, uning o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurilyapti. Toshkentda hozir juda ommalashdi, ikkita rejani sotib oladi-da shaxsiy uy deb uch qavatli quradi, alohida kadastr qilib, ko‘p qavatli turar joy sifatida sotadi. Oldin bu xonadonda 1-2 oila yashagan bo‘lsa, endi u yerda oltita oila yashayapti…

Yunusobodda transformator portlashi, yonib ketishi haqida ko‘p eshitamiz. Buning sababi nima? Chunki o‘sha eski simlar eski transformatorga boradi. Oldin odam soatiga 1 kVt iste’mol qilgan bo‘lsa, hozir bu 100, 1000 kVt dan oshib ketdi.

Google Planet degan dastur bor, yillari bilan ko‘rsatib beradi. O‘shanda Toshkent qanaqa o‘zgarganini qarab ko‘rdim. Haqiqatan tepadan qarasangiz, Tashkent City’ning joyi juda ham chiroyli. Endi uning biznes-sitiga aloqasining yo‘qligi bu butunlay boshqa masala. Bu chiroyli bog‘ bo‘lgan, atroflariga esa uy qurishgan. Lekin Navoiy ko‘chasi bo‘ylab ko‘p qavatli uylar qurib tashlangan, boshqa tarafdan esa yangi binolar qurilgan.

Endi savol: Elektr energiyasi nima bo‘lyapti? Bu yerga alohida tortildimi? Qayerga ulanadi? Trubalar alohida tortib kelindimi? Bosh reja yo‘q, hech kim ko‘rsatmagan ham, qo‘ymagan ham. Ertaga Bangladeshni Dakka poytaxtiga o‘xshab qolmaymizmi?! U yerda odam ko‘pligidan shahar ichidagi ko‘l sassiq ko‘lga aylanib qolgan. Borganlar aytadi, shaharda yashab ham, dam olib ham bo‘lmaydi. Chunki odam ko‘p, rivojlantirilmasa shunaqa ahvolga kelib qoladi. Balki, bu narsa qilinayotgandir…

Otabek Bakirov shaharning bosh rejasi bu mamlakat uchun Konstitutsiya kabi ekanligini alohida qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning taraqqiyoti Konstitutsiyadan, unga amalga qilishdan boshlansa, shaharning taraqqiyoti, rivojlanishi, kengayishi, aholining turmush darajasining oshishi bosh rejaga bog‘liq.

«Shu sohaning ichidan chiqqan odamlar yig‘layverib, endi gapirmay ham qo‘ydi. Sohaning haqiqiy odamlari ham ‘bosh reja, bosh reja’ deyaverib, bu haqida gapirmay qo‘ydi. Chunki bu masala to‘g‘risida gapirish o‘z sohasining mutaxassislari uchun ham havoga sarflangan energiya singari bo‘lib qoldi. 2016, 2017, 2018-19 yillarda gapirildi, 2020 yil tugayapti. Har yili bosh reja haqida gap ketganida ‘tayyor bo‘lyapti, 6 oy ichida muhokamaga qo‘yamiz’ deyilyapti. Toshkent shahrida kengayish uchun yangi qurilishlar qurishga, sotishga umuman joy qolmagunicha, bosh reja tasdiqlanmaydi. Buni hamma tushunib bo‘ldi», — deydi Bakirov.

Avvalroq Otabek Bakirov va Shuhrat Qurbonov Davlat xaridlari portalida amalga oshirilayotgan xaridlar haqida gapirib, hokimlar Trailblazer sotib olib, balki UzAuto’ni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 185
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 374
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 4
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 3
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 20
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 124
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 134
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 218
  • Bo‘limlar